Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Asadullayev Davron Ravshan oʻgʻli tomonidan tumandagi 321-koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”ga Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi va bolalarga yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.  

Mazkur qonun bolalarning asosiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, u bolaning hayotga boʻlgan huquqi, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash, shaxsiy daxlsizlik va himoya huquqlarini kafolatlaydi.

Deputat tomonidan qonunnig 22-23-moddalari ijrosini oʻrganish jarayonida qator muhim jihatlarga eʼtibor qaratildi. Xususan, taʼlim muassasasida bolalarning huquqlari qay darajada taʼminlanayotgani, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash tizimi samaradorligi va tibbiy xizmat koʻrsatish sohasi tahlil qilindi.

Shuningdek, oʻrganishda maktabgacha taʼlim muassasasi 1975-yilda qurib foydalanishga topshirilgan boʻlib, 21 nafar pedogoglar tomonidan 75 nafar tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelinayotgani maʼlum boʻldi.

 Bundan tashqari, oʻrganish jarayonida bolalar huquqlari boʻyicha huquqiy targʻibotni kuchaytirish, taʼlim muassasalarida psixologik xizmatlar samaradorligini oshirish va bolalar bilan ishlovchi mutasaddi tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O'rganish yakunida, bola huquqlarini taʼminlash – nafaqat davlat organlari, balki butun jamiyatning muhim vazifasi ekanligi hamda bolalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar ertangi kunimizning qanday boʻlishini belgilab berishi alohida ta'kidlab o'tildi.

Slide 1 of 1