Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Mart oyi sarhisobi: Deputatlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

💬Yig‘ilishda Kengash raisi D.Normuradova tomonidan, shahar Kengashi deputatlarining mart oyidagi faoliyatini atroflicha muhokama qilindi. Rais o‘tgan oy davomida saylov okruglarida amalga oshirilgan ishlar, sessiya va komissiya yig‘ilishlaridagi faollik hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

💬Muloqot davomida kotibiyat mudiri A.Ashurov so‘zga chiqib deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, xalq bilan muloqot tizimini kuchaytirish hamda deputatlik so‘rovlarining natijadorligini oshirish lozimligini ta’kidladi. O‘z navbatida, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan ayrim deputatlarga nisbatan talabchanlikni oshirish bo‘yicha takliflar kiritildi.

💬Shuningdek, yig‘ilishda quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

🔅Saylovchilar bilan uchrashuvlarni muntazam tashkil etish;

🔅Mahallabay o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni sessiya muhokamasiga olib chiqish;

🔅Deputatlik nazoratini qog‘ozda emas, amalda samarali yuritish.

🫥"Deputatning kuchi — uning xalq bilan hamnafasligida. Bizga faqat raqamlar emas, balki odamlarning hayotida ijobiy o‘zgarish yasaydigan real natijalar kerak," — deya yakunladi D.Normuradova.

Slide 1 of 3