Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Nokarayev tomonidan saylovchilarga “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Mazkur Qonun chorvachilik sohasini rivojlantirish, nasldor hayvonlarning sifatini yaxshilash hamda ularning genetik salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunda naslchilikning asosiy vazifalari sifatida hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, naslchilik resurslarini yaratish, saqlash va ulardan samarali foydalanish belgilangan.
Deputat tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu Qonun chorvachilik tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish, yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda naslchilik sohasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.