Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

2026 yilning 18 mart kuni Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 Seminar quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:

 🔺 Mahalliy Kengashlar rasmiy sahifalarini yuritishdagi talablar;

 Deputatlik so‘rovlari, sessiya va doimiy komissiya yig‘ilishlarini samarali yoritish;

🔺 Ijtimoiy tarmoqlarda axborot siyosati orqali Kengashlar nufuzini oshirish va fuqarolar ishonchini mustahkamlash;

 🔺 Deputatlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash va har bir masalani chuqur o‘rganib, to‘g‘ri tarzda ommaga yetkazish.

Tadbirda, viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mutaxassislari, doimiy komissiya raislari, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

💠 Seminarni , Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari D.Kesimov olib bordi.

💠 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.Xushmurodova so'zga chiqib, deputatlar va doimiy komissiyalar xodimlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini oshirish muhimligini alohida ta’kidladi.

💠 Shuningdek kun tartibidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi F.Siddiqov so'zga chiqib, birinchi navbatda deputatlarning huquqiy bilim salohiyatini yanada shakllantirish va ularning ijtimoiy tarmoqlarga chiqishlarida har bir masalani huquqiy ichigacha kirib borish, yaxshi o'rganib keyin tarmoqqa chiqarish to'g'risida so'z yuritdi.

💠 So'zga, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi xodimi A.Raxmonov chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi kerak bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar va rasmiy sahifalardagi talablar haqida fikr bildirdi.

💡 Shu kabi seminarlar mahalliy Kengashlar faoliyatida shaffoflik va legitimlikni ta’minlaydi, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yadi va axborot maydonidagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi.

Slide 1 of 6