Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Bugun, 18-mart kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Sessiyada shahrimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.

🗞Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1-masala, Shahar mahalliy budjetining 2026-yilga shakillangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

2-masala, O‘zbekston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan shahar “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

3-masala, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

4-masala, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisoboti;

5-masala, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2026-yil 2-fevraldagi VII-19-9-9-131-K/26 sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida;

6-masala, Shaharda mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uning birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashni ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etish borasida 2025-yil davomida O‘zbekiston mahallari uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Sessiya davomida shahar infratuzilmasini yaxshilash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda aholi murojaatlarini samarali hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Shirin_Kengash) 

Slide 1 of 4