Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yashil makon: Jalaquduqda EKOpark barpo etilmoqda”
янв.21
Jalaquduqda yo`l yoqasi infratuzilmasi rivojlanmoqda: yangi savdo shaxobchalari va ish o`rinlari yaratiladi
янв.21
DEPUTAT O`Z HUDUDIDA KENG QAMROVLI IShLAR NAZORATINI AMALGA OShIRMOQDA
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Jalakuduk tumanida yangi EKO park qurishga start berildi
янв.21
Hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
Jalaquduq tumanida yoshlar uchun stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Jalaquduq tumani Teshiktosh qishlog‘ida “Yoshlar kuni” tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Doimiy komissiya yig‘ilishi#
#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, aniq maqsad bilan yashashi hamda jamiyatda faol fuqaro sifatida shakllanishi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim, tadbirkorlik va innovatsion sohalarda berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Deputat tomonidan yoshlarni o‘z ustida ishlashga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, xorijiy tillarni o‘rganishga hamda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga undovchi amaliy tavsiyalar bildirildi. Ayniqsa, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda jamoatchilikning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kelajakdagi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yoshlar qalbida yangi g‘oyalar va katta ishonch uyg‘otdi.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarni yanada faollikka chorlab, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli va tashabbuskor etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7