Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda O‘zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — apparat rahbari M.Xaydarova tomonidan Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-17-101-11-168-K/25-son qarori ijrosi doirasida kasanachilik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 2 milliard so‘m kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan kasanachilikni rivojlantirish, aholini bandligini ta’minlash, xonadonlarda daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuboriladi.

Slide 1 of 4