Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yashil makon: Jalaquduqda EKOpark barpo etilmoqda”
янв.21
Jalaquduqda yo`l yoqasi infratuzilmasi rivojlanmoqda: yangi savdo shaxobchalari va ish o`rinlari yaratiladi
янв.21
DEPUTAT O`Z HUDUDIDA KENG QAMROVLI IShLAR NAZORATINI AMALGA OShIRMOQDA
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Jalakuduk tumanida yangi EKO park qurishga start berildi
янв.21
Hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
янв.21
Jalaquduq tumanida yoshlar uchun stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Jalaquduq tumani Teshiktosh qishlog‘ida “Yoshlar kuni” tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#Doimiy komissiya yig‘ilishi#
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori M. Kalonov Dushanbe shahridagi xalqaro forumda ma’ruza qildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori M. Kalonov Dushanbe shahridagi xalqaro forumda ma’ruza qildi

Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov “Kelajak pedagogikasi: sun’iy intellekt va global hamkorlik” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruza davomida universitetda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, shuningdek mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.Ta’kidlanishicha, universitetda o‘quv dasturlari va pedagogik metodikalar zamonaviy talablar asosida yangilanib, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan innovatsion usullar keng joriy etilmoqda.Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim platformalaridan samarali foydalanish orqali talabalar uchun individual o‘quv yo‘llarini shakllantirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

 “Biz universitetimizni nafaqat bilim maskani, balki mehnat bozoriga tayyor mutaxassislar yetishtiruvchi ilmiy-ta’lim markazi sifatida rivojlantirishni maqsad qilganmiz”, — dedi rektor.Forum davomida xalqaro hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy loyihalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.Mazkur forum oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4