Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi guruhi tomonidan hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda qarovsiz hayvonlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qarovsiz (daydi) itlar soni ko‘payib ketgani hamda ularning to‘da bo‘lib yurishi aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligiga tahdid tug‘dirayotgani yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Shu munosabat bilan Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, hududda qarovsiz hayvonlarni tutish va ularni belgilangan tartibda saqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi. 

Slide 1 of 2