Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kengash raisi hamda deputatlar Boyovut tumanidagi “Ma’naviyat” mahallasida mahalla yettiligi va faol nuroniylar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

⚫️Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mavjud muammo va takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari va nuroniylar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

⚫️Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5