Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat mahallada

Tashrif davomida maktabning o‘quv xonalari, mebel jihozlari, parta va stullar, shuningdek, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 10-son maktab tumandagi eng yaxshi jihozlangan ta’lim muassasalaridan biri ekani qayd etildi. Shunga qaramay, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha ishlar rejalashtirib olindi.

Deputat hamkorligida maktab jamoasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlarni jalb etgan holda maktabda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Ta’lim sifatini oshirish, yoshlarimizga zamonaviy bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish – ustuvor vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3