Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

 8-Lutfiy okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylar tom qismi ta’mirga muhtojligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaat asosida okrug deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna, mahalla faollari va uy egalari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish natijasida Lutfiy ko‘chasi 7-, 3-, 10-uylar, Bog‘iston 1-uy hamda Baynalminal ko‘chasi 57-uylarning tom qismlari aholi salomatligi va mulk xavfsizligi nuqtai nazaridan tezkor ta’mirlanishi zarurligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 8-Lutfiy okrugi deputati tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.  

Unda muammoni atroflicha o‘rganib chiqish hamda tomlarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. 

Masala deputat nazoratiga olindi.