Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan Olmazor tumanidagi “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalla raisi, mahalla faollari, nuroniylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, xususan, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, xalq vakili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.