Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi KQ-35-V sonli qarori bilan belgilangan Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik yo'nalishlariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari J.Xudoyqulova hamda N.Alimovlar tumandagi "Shodlik" mahallasida bo‘lib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bian tanishdilar.

Shuningdek kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etish, mahallada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O'rganish davomida mahalla hokim yordamchisi ko'magida ajratilgan imtiyozli kredit evaziga mahallada xususiy tadbirkorlar tomonidan pishiriq va shirinliklar ishlab chiqarish sexi,

Chorvachilik maqsadida olingan kredit evaziga chorvachilik bilan shug'ullanayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O'rganish yakunida deputatlar mahalla yettiligi va hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgiladilar, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirish, shuningdek aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keyingi qadamlarni rejalashtirdilar.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 8