Oʻrganishlar jarayonida tibbiyot muassasasi tomonidan 2026-yil davomida tuman tibbiyot birlashmasidan 35 xil turdagi dori darmon hamda tibbiyot buyumlari olingan, shu vaqt oraligʻida 162 nafar bemorga bu vositalar qoʻllanilgan. “Yangikent” OSHPda bugungi kunda 128 nafar nogiron roʻyxatga olingan. Surunkali kasalligi bor bemorlarga bepul dori -darmon berilayotgani aniqlandi. Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi shifokorlari bilan bo'lgan muloqotlarda mavjud muammolar hamda amaliy takliflarni umumlashtirgan holda muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.