Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Sariosiyo tumani “Jannatmakon” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati Sh.Davlatov tomonidan “mahalla yettiligi”faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash jarayoni hamda mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida deputat tomonidan mahallada uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, mahalladagi ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3