Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Yangibo‘ston” mahallasida tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev mahalla yettiligi vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etdi. Uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammo va takliflar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan,

🔵aholini to‘liq ro‘yxatga olish va ma’lumotlar bazasini yangilash,

🔵kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish,

🔵ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish,

🔵ichki ko‘chalar va yo‘llarni ta’mirlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Muloqot yakunida har bir murojaat deputat tomonidan alohida qayd etildi.

Slide 1 of 3