Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati N.Choriyeva tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman Adliya bo‘limi xodimlari hamkorligida tumanning “Qurama” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari tahlil qilinib, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati