Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
Muzrabot tumanida ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda

Mazkur jarayonda hududlardagi "mahalla yettiligi" a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

Jumladan, Muzrabot tumanining "Al Hakim at Termiziy" mahallasi yettiligi ham ushbu tadbirni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman deputati S.M.Nurmahmatov tashabbusi rahbarligida mahalladagi har bir xonadonga borilib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilinmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda.

Ushbu tadbir davomida tuman Kengashi deputati ham fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib bordi. Muammolari borlarini ro‘yxatga olib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish choralarini belgilab oldi.

Quvonarlisi, mahalla ahli ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro'yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.

Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish — bu nafaqat statistika, balki farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim poydevordir!

Slide 1 of 3