Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
Deputatlik nazorati

Deputatlar tomonidan tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi doimiy ravishda o‘rganib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Nurli hayot” MFYda loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining hozirgi kundagi bajarilish holatini xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat D.Sherboyev o‘rgandi.

O‘rganish davomida “Nurli hayot” mahallasida quyidagi ishlar bajarilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

- Muzrabod tumani "Nurli hayot" MFYda 3,7 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha ishlar 90 % ga bajarilgan.

Hozirda loyihaga asosan qurilish ishlarini to‘liq yakunlash bo‘yicha bajaruvchi tashkilot tomonidan ishlarни amalga oshirish davom ettirilmoqda.

️O‘tkazilgan deputatlik nazorati natijasiga ko‘ra mutasaddilarga ishlarning sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5