Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida qurilish ishlari o`rganildi
янв.21
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
янв.21
Tadbirkor faoliyati o`rganildi
янв.21
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!
янв.21
Jalaquduqda asalarichilik rivojlantirilmoqda
янв.21
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
янв.21
Jalaquduqda chigit ekish ishlari jadal: sifat va muddat ustuvor nazoratda
янв.21
Tuman fermer xo`jaliklarida chigit ekish ishlari o`rganildi va nazorat kuchaytirildi
Sho‘rchi tumanida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik boshlandi.

Deputat Rajabov Botir Abdurasulovich tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Mazkur tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, aholiga huquqiy axborot yetkazish va bepul yuridik yordam ko‘rsatishga
ixtisoslashgan.
 

Uchrashuv davomida deputat “Madad” tuman bosh mutaxassisi Ergashev Xusniddin Fayzimuradovich bilan: 

🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqiy
savodxonligini oshirish

🔹Aholiga bepul va sifatli yuridik yordam ko‘rsatish
🔹Huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish va loyihalarini tayyorlashda amaliy
ko‘mak berish
masalalarini muhokama qildi. 

🤝 Kelgusida 3 ta muhim yo‘nalishda hamkorlik qilish belgilandi: 

1️ Aholi murojaatlari bilan ishlash – murakkab huquqiy masalalar yuzaga kelganda fuqarolarni “Madad” tuman huquqiy maslahatiga yo‘naltirish orqali bepul va professional yordam olish imkonini kengaytirish. 

2️ Ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish – tizimli huquqiy muammolar yuzasidan Kengashga tahliliy ma’lumotlar taqdim etish hamda deputatlik so‘rovlari va sessiyalarda masalalarni ko‘tarish. 

3️ Huquqiy targ‘ibot tadbirlari – mahallalar va korxonalarda qonunchilikdagi yangiliklar hamda ijtimoiy
imtiyozlar yuzasidan tushuntirish ishlarini birgalikda olib borish.
 

Mazkur hamkorlik tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida deputat tuman aholisi va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganini ham ko‘zdan kechirdi. 

Slide 1 of 1