Jizzax viloyat Kengashi deputati O.Mamatqulov tumanda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. Tadbir davomida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiylarimizga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning mashaqqatli va sharafli xizmatlari e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi e’tibor va ehtirom yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Barcha Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
O.Mamatqulov
Jizzax viloyat Kengashi deputati