Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
янв.21
Tibbiy bilim va sog`lom hayot tarziga bag`ishlangan davra suhbati
янв.21
Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi – asosiy mezon
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama
янв.21
Deputat tomonidan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasida yaratilgan sharoitlar o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
TUMAN HOKIMI HAMDA KENGASH RAISI O'QUV SEMINARIDA QATNASHMOQDA

TUMAN HOKIMI HAMDA KENGASH RAISI O'QUV SEMINARIDA QATNASHMOQDA

Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun navbatdagi o‘quv seminarlari o‘z ishini boshladi.

26–28-yanvar kunlari o‘tkaziladigan mazkur o‘quvlarda Jizzax, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan mahalliy vakillik hamda ijro hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminarlar mahalliy davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirish, tuman va shahar darajasida vakillik hamda ijro organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi muammolarini hal etishda tizimli va ochiq yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochilish marosimidagi nutqida joylardagi rahbarlarning masʼuliyatiga urg‘u berib, qaror qabul qilishda qonuniylik va jamoatchilik manfaatlarini ustuvor qo‘yish zarurligini taʼkidladi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar uchun mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini amalga oshirish, tuman (shahar) Kengashi raisi maqomi va vakolatlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda dolzarb masalalar hamda ularning yechimlariga bag‘ishlangan maʼruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini rejalashtirish, majlislarni samarali tashkil etish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish, partiya guruhlari va doimiy komissiyalar bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq muloqot olib borish usullari muhokama qilinadi.

Seminarlar davomida qaror qabul qilishda qonuniylikka rioya etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda samaradorlik va ochiqlikni taʼminlash, deputatlarning fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, muammolarni hal etishda mahallabay ishlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy boshqaruvda raqamli texnologiyalardan foydalanish, elektron hukumat tizimlari orqali xizmatlar sifatini oshirish, maʼlumotlar bazalari bilan ishlash va tahliliy yondashuv asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham seminarlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Uch kunlik o‘quvlar yakunlariga ko‘ra ishtirokchilar hududlarda islohotlarni amalga oshirishda amaliy bilim va tajribalarini boyitib, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshiradi.

Slide 1 of 9