Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yurtimiz tarixida muhim siyosiy voqelik — Yurtboshimiz tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma yo`llandi. Ushbu Murojaatnomada bayon etilgan ustuvor yo`nalishlar, islohotlar va strategik vazifalar mamlakatimizning bugungi taraqqiyotini yanada jadallashtirish, kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
янв.21
Maktabda Prezident murojaatnomasi asosida targ`ibot uchrashuvi o`tkazildi
янв.21
Murojaatnoma — xalq bilan muloqot va kelajak rejalarining mustahkam asosi
янв.21
Haqiqat MFYda elektr ta`minoti muammolari ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 13-sessiyasi bo`lib o`tdi
янв.21
Aholini qo`llab-quvvatlash – ustuvor vazifa
янв.21
Tuman Kengashi deputati Nafisaxon Abdumo`minova yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi
янв.21
YO`QLOV
янв.21
Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda bayram tadbiri bo`lib o`tdi.
янв.21
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
“Xonqiz” mahallasida muammolar bo‘yicha ochiq muloqot

 “Xonqiz” mahallasida muammolar bo‘yicha ochiq muloqot 

  

🔹 Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari — Shuxratjon Raximov, Ozodaxon Dadajonova va hudud deputati Ilxomjon Abduraxmonovlar “Xonqiz” mahallasi
faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Muloqotda aholi hayotiga bevosita
ta’sir qilayotgan masalalar keskin muhokama qilindi.
 

🔹 Muloqot davomida mahalla
hududida joylashgan Sadoqat ko‘chasida elektr kuchlinishi pastligi bo‘yicha muammoni
hal qilish temir-beton tayanch ustunlariga hamda tarmoqqv muhtojliklari borligi
aniqlandi.
 

🔹 O‘rganishlar davomida mazkur mahalla fuqarolari yig‘inida
hududida joylashgan 46 (1978y) va 49 (1966y) sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari
ma’nan eskirganligi sababli qayta qurish zarurligi ma’lum bo‘ldi.
 

🔹 Shu bilan birgalikda deputatlar hududdagi 52-sonli umumta’lim
maktabi ma’muriyati murojaatiga ko‘ra ta’lim dargohining isitish tizimi bilan tanishib
chiqdilar. O‘rganish jarayonida isitish tizimi qoniqarsiz bo‘lib, qanchalik ko‘mir
yoqilg‘isi yoqilmasin, xonalarni bir xilda isitilmayotganligi aniqlanib, shu joyni
o‘zida mas’ullar bilan bog‘lanib, muammoni hal qilish choralarini ko‘rdilar va natijada
eski rusumdagi isitish qozonini yangi rusumdagi zamonaviy isitish qozoniga almashtirishga
erishildi.
 

🔹 Har bir masala bo‘yicha
aniq mas’ul, aniq muddat va deputatlik nazorati belgilab olindi. Shuningdek, obodonlashtirish,
infratuzilmani yangilash va yoshlar hamda xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha
amaliy takliflar ishlab chiqildi.
  

Slide 1 of 8