Jańalıqlar

Keńesler

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
20 октябр 2026

Deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

imgTadbirda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari F.Otaxonov, Andijon viloyati hokimligining mas’ul xodimi M.Xolmatov, Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi bosh mutaxassisi K.Sodiqov hamda Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi raisi Sh.Xaytaxunov ishtirok etib, deputatlar bilan fikr almashdilar.

Har bir xonadon – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida: Jalaquduq tumanida muhim farmon ijrosi ta’minlanmoqda

imgAholi bandligini ta’minlash, kichik biznesni jadal rivojlantirish va shu orqali oilalar daromadlarini oshirish, eng asosiysi, kambag‘allikni qisqartirish mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning bosh ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I.Butabekov biriktirilgan O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosining joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Jalaquduq tumanida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi

imgXalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari, ekspertlar va "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok etdilar.

Jalaquduq tumanida ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamini ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

imgXalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari, shuningdek, Ekspert guruhi va "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok etdilar.
08 октябр 2026

Абдулабий маҳалласида тадбиркорлик билан шуғулланаётган ёшлар ҳонадонларига ташриф буюрилди

imgХалқ депутатлари Жалақудуқ туман Кенгаши депутати, "Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари" бўйича доимий комиссия раиси Э.Қурбонов Абдулабий маҳалласи ёшлар етакчиси билан биргаликда маҳалладаги тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган ёшларнинг хонадонларида бўлишди.

Абдулабий маҳалласида Президент фармони ижроси ва ҳоким ёрдамчиси фаолияти ўрганилди

imgХалқ депутатлари туман Кенгаши котибият мудири И.Жураев, вилоят Кенгаши депутати О.Носиров ҳамда туман депутати Э.Қурбоновлар Жалақудуқ туманидаги Абдулабий маҳалла фуқаролар йиғинида бўлишди. Учрашув давомида маҳалла раиси ҳамда ҳоким ёрдамчиси С.Азизов билан биргаликда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 11 сентябрдаги 193-сонли Фармони ижроси юзасидан амалга оширилаётган ишлар чуқур таҳлил қилинди.

Жалақудуқ туманида хотин-қизларнинг бандлиги ва ижтимоий ҳимоясини таъминлаш борасидаги ишлар ўрганилди

imgХалқ депутатлари Жалақудуқ туман Кенгаши депутати Б.Базарова "Округ айланиш" дафтарига асосан сайлов округидаги Бузруқхонтўра маҳалла фуқаролар йиғинида бўлиб, маҳалла хотин-қизлар фаоли билан учрашди.

Ш.Хайтахунов Жалақудуқ туманидаги 17- давлат ихтисослаштирилган мактабида ўқувчилар давоматини ўрганди

imgХалқ депутатлари Жалақудуқ туман Кенгаши раиси Ш.Хайтахунов тумандаги 17-ДИМ фаолияти билан яқиндан танишиш мақсадида мазкур таълим муассасасида бўлди.