Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shahardagi “Guliston” MFYda bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–407-son, 2016-yil 16-sentyabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish hamda sohaga oid tegishli hujjatlar yuritilishi holati ko‘rib chiqildi.

📊 Jumladan:

️ hududdagi kriminogen vaziyat;
️ jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
profilaktik tadbirlar samaradorligi;
️ fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati;
️sohaga oid tegishli hujjatlarning yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2