Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov Navoiy shahridagi “Binokor” mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan hududdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda turli ijtimoiy loyihalarga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida mahallada yoshlar siyosatini yanada faollashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 3