Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son Farmoyishi asosida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Sessiyada shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zarur infratuzilma obyektlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Xususan, Qo‘qon shahar 1-sonli shifoxonasi binosini ta’mirlash, bemorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, shaharning asosiy ko‘chalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida avtomobil yo‘llarini ajratib turuvchi beton to‘siqlar ustiga temir panjara o‘rnatish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Deputatlar tomonidan mazkur mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshiriladigan ishlarning sifati hamda ularning o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3