Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Sessiya masalasi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Sessiya masalasi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Takiya” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida qonunbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori bilan muloqot o‘tkazilib, hududda mavjud muammolar, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar umumlashtirilib, tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi hamda sessiyasida muhokama qilish uchun tegishli tartibda taqdim etilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2