Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M. Nurjanova hamda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov tomonidan Arbob mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda yoshlar va bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida hududlarning sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, bolalar maydonchalari, sport maydonlari, dam olish maskanlari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

⚽️📚 Shuningdek, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, kitobxonlik madaniyatini oshirish va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududlarni yanada obod qilish, yoshlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

🌟 Yoshlar uchun yaratilayotgan munosib sharoitlar — yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining mustahkam poydevoridir!

🏛Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi

Telegram (https://t.me/+Cjo4wlu__sk0Nzg6) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=12&authority_id=448) | Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1NJVbdL5CC/) | You tube (https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariShovottumaniKen)

Slide 1 of 2