Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev tomonidan shahardagi “Guliston” MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–641-son, 2020-yil 15-oktabr) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ajratilayotgan yordam va imtiyozlar holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

️nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash;
️ ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati;
️ ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlari;
️ fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati;
️ tegishli hujjatlarning yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinib, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3