Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Migratsiyadan qaytganlar va bandlik nazoratda: "Temiryo‘lchi" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi deputati X.Fayzullayev "Temiryo‘lchi" mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining bugungi kundagi ish samaradorligini o‘rgandilar.

⏺Muloqot davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

💬 Aholi bandligini ta'minlash: Mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi tomonidan ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularga fuqarolarni joylashtirish darajasi ko‘rib chiqildi.

💬 Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash: Chet elda ishlab, o‘z yurtiga qaytib kelgan fuqarolar bilan individual ishlash tizimi muhokama qilindi. Ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali jamiyatga tezroq moslashishi va daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish choralari belgilandi.

💬 Kengash raisi D.Normuradova hokim yordamchisiga migratsiyadan qaytgan har bir fuqaroning muammosini xonadonbay o‘rganish, ularning kasbiy ko‘nikmalaridan kelib chiqib ishga joylashtirish hamda tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘mak berish yuzasidan aniq tavsiyalar berdi.

💬 "Maqsadimiz — har bir xonadonga barqaror daromad olib kirish, o‘z yurtida ishlashni istagan fuqarolarimiz uchun munosib sharoitlar yaratishdir," — deya ta'kidlandi uchrashuvda.

Slide 1 of 2