Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

➡️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat B. Rajabov hamda Kengashning doimiy komissiyalari raislari ishtirokida navbatdagi sessiyani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilish davomida bugunning o‘zida navbatdagi sessiya kun tartibini shakllantirish, sessiyaga kiritilayotgan masalalar bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish, mas’ul mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish hamda ular yuzasidan xulosa va takliflarni tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, qabul qilinadigan qarorlarning sifatli tayyorlanishi va amaliy natijadorligini ta’minlash yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

➡️Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya raislariga bugun o‘tkaziladigan komissiya yig‘ilishlarini samarali tashkil etish, kun tartibidagi masalalarni chuqur tahlil qilish hamda sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️ Kanalga ulanish: 👇
👍Telegram👍Facebook 👍Instagram 🌐 kengash.gov.uz

Slide 1 of 1