Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish

Hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Xususan, “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilib, mahalla tobora yangicha qiyofa kasb etmoqda.

“Obod mahalla-obod ko‘cha-obod xonadon” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonlarning borishini o‘rganish maqsadida deputat A.Mahkamov mutaxassislar ishtirokida, olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari sifati, texnologik talablarning bajarilishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning aholi uchun yaratadigan qulayliklari va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdagi ahamiyati muhokama etildi.

Slide 1 of 4