Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Yashil ta’mirlash” ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Monitoring davomida G‘ishtlik masjid mahalla fuqarolar yig‘inining Xo‘jand ko‘chasi 260a-uy 4-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘.Sharipov xonadonida olib borilayotgan “yashil ta’mirlash” ishlari bilan yaqindan tanishildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan mazkur xonadon bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar, bajarilgan ishlar hajmi va qurilish jarayoniga oid hujjatlar taqdim etildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilishi hamda xonadon egasi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlash va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida qaror ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash masalalari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3