Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi R.G‘ofurova tomonidan tumanimizdagi “Quyosh” nomli 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishi sifati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi doirasida muassasadagi mavjud sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati, oshxona jihozlarining texnik holati hamda taomnomalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi.Shuningdek, deputat tomonidan bolalarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishida sifatli ovqatlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, oshpazlar malakasi hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida xizmatlar sifatini yaxshilash hamda siyosiy partiyalar va Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 6