Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
“Alpomish” mahallasida o‘rganishlar davom etmoqda: Ko‘p qavatli uylar atrofi va bolalar maydonchalari nazorat qilindi
“Alpomish” mahallasidagi tizimli o‘rganishlarning navbatdagi bosqichida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi obodonchilik ishlari holatini ko‘zdan kechirdilar.

Ushbu o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida quyidagi obodonchilik ob’yektlariga alohida e’tibor qaratildi:
• Kirish yo‘laklari (podyezdlar): Yo‘laklarning ozodaligi, yoritish tizimlarining sozligi hamda aholining xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi;

• Bolalar o‘yingohlari (maydonchalari): Maydonchalardagi o‘yin qurilmalarining texnik xavfsizlik talablariga javob berishi, bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va xavfsiz o‘tkazishlari uchun yaratilgan qulayliklar darajasi tekshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar hovlilarida tozalikni saqlash va bolalar maydonchalarini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga ko‘rsatmalar berilishi belgilanib olindi.

Maqsadimiz — har bir hovli va ko‘chani obod, bolajonlarimiz uchun esa xavfsiz va shinam maskanga aylantirishdir!
Slide 1 of 2