Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
Kengash_faoliyati

#_96_qonun

🏛 Qonun ijrosi – deputat e’tiborida

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Pardayev Azamat Almardanovich ishtirokida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

✅Tadbir davomida deputat Bandixon tumani Madaniyat bo‘limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–668-son) mazmun-mohiyati hamda uning amaliy ijrosi masalalari yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qildi.

✅Uchrashuvda mazkur qonunning sohada tutgan o‘rni, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirishdagi ahamiyati, shuningdek, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Shuningdek, qonun talablarini keng jamoatchilikka yetkazish, uning mazmunini targ‘ib qilish hamda madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

✅Qonun ijrosini ta’minlash, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish borasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3