Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

08.06.2026 yil Muzrabot tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun o‘tkazilgan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov, tuman prokurori vazifasini bajaruvchi J.Mustafoqulov, tuman IIB boshlig‘i G‘.Badalov, DXX Muzrabot tumani bo‘limi boshlig‘i E’.Ergashev, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etdilar.

Davlat madhiyasi yangraganidan so‘ng marosim tantanali ravishda ochildi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Ta’kidlanganidek, Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov musobaqalar davomida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilar va jamoalarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, san’atkorlar ishtirokidagi bayramona konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar ulashib, yoshlarni yangi marralar sari ruhlantirdi.

Slide 1 of 7