Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov reja grafigiga muvofiq, tumanning Fidokor mahallasida yashovchi fuqarolar uchun 20-sonli umumta'lim maktabida tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ushbu sayyor qabulda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputati Svetlana Jumayeva ham qatnashdi.

Shuningdek, deputat Svetlana Jumayeva o‘z saylov okrugiga qarashli “Fidokor” mahallasida mavjud ayrim muammolarni hal etish yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilib, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratdi.

Qabul davomida aholi tomonidan, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 20 ga yaqin muammolari tinglanib, o‘rganildi.

Fuqarolarning murojaatlari asosida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni manzilli va samarali hal etishdan maqsadida o‘tkazilayotgan qabullar hududlarda davom etmoqda.

Slide 1 of 3