Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI.
янв.21
Депутат маҳаллада асфалтлаш ишлари сифатини ўрганди.
янв.21
Депутат қурилиши битмаётган объектларда қурилиш сифатини ўрганди.
янв.21
Deputat tomonidan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
янв.21
ISHCHI GURUH TOMONIDAN “AHOLINI SIL KASALLIGIDAN MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari R.Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorbog‘ ko‘chasi 10-uy aholisi tomonidan dolzarb masala ko‘tarildi.

Murojaatda qayd etilishicha, mazkur hududda joylashgan yagona maishiy chiqindi qutisi 5 ta ko‘p qavatli uy aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda. Chiqindi qutisining uy ichki hovlisida joylashgani hamda chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani natijasida chiqindilar to‘planib qolib, aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Ushbu holat sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, atrof-muhit tozaligi va fuqarolarning yashash sharoitlariga oid haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlardan mazkur muammo yuzasidan batafsil tushuntirish berish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududdagi sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi va natijalari yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2