Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A. Aminov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar ishtirokida Talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va ularning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida:

Aholiga birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifati;
Fuqarolarning qabul jarayonlari va murojaatlariga munosabat;
Tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish madaniyati;
Bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash holati;
Dori vositalarining mavjudligi va ularni tarqatish tartibiga rioya etilishi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5