Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Deputat tomonidan PQ-153-son qarori va tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat, Budjet masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi To‘lqin Qodirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining VII-27-79-3-49-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida Oqbuloq mahallasida yoshlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanilayotgani, ekinlar parvarishi hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi.
Shuningdek, tuman Kengashining VII-27-79-3-49-K/26-sonli qaroriga muvofiq Oqbuloq mahallasi hududida yoshlar uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilgan ishlar holati va ularning samaradorligi ham o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash, yoshlarning yer maydonlaridan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan mablag‘larning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5