Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Deputat so‘rovi natijasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda

Deputat so‘rovi natijasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Xasanov Abdujalil Abdug‘aparovich tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga kiritilgan deputatlik so‘rovi natijasida "Ahil" mahalla fuqarolar yig‘inining Qizg‘aldoq ko‘chasida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi.

Mazkur ko‘chada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, qurilish sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechim topayotgani mahallada yashovchi aholining mamnunligiga sabab bo‘lmoqda. Kelgusida ham hudud infratuzilmasini rivojlantirish va aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3