Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Dasturlar ijrosi nazoratda

Dasturlar ijrosi nazoratda

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qarori asosida yangi qurilgan tumandagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay muhit, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etish holati, oshxona, yotoqxona hamda boshqa yordamchi xonalardagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva #A_Mamarajabov

Slide 1 of 5