Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
4-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

4-sonli DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari Q. Igamberdiyeva va E. Hamroyevlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida bolalarga yaratilgan ta’lim-tarbiya sharoitlari, guruhlarning holati, moddiy-texnik baza, xavfsizlik talablari, sanitariya-gigiyenik holat, shuningdek, tarbiyalanuvchilarga tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati, tozaligi va me’yorlarga mosligi hamda yotoqxona va dam olish xonalari holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, muassasadagi ichki tartib-qoidalar ijrosi, tarbiyachilar faoliyati hamda bolalar uchun yaratilgan qulayliklar darajasi ham o‘rganilib, mavjud sharoitlar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Q_Igamberdiyeva #E_Hamroyev #A_Mamarajabov

Slide 1 of 5