Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Kengash raisi hamda deputat tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdusalom Javliyevich hamda tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbiri olib borildi.Nazorat tadbiri davomida muassasa mudirasi Danayeva Nazokat tomonidan tashkilot faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, muassasada 120 nafar tarbiyalanuvchi 4 ta guruhda ta’lim-tarbiya olmoqda.O‘rganish jarayonida guruh xonalari tozaligi, sanitariya-gigiyena talablariga hamda sanitariya-epidemiologik me’yorlarga rioya etilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha muassasa hamshirasi Qo‘ldosheva Sevara tomonidan Kengash raisi hamda deputatga bolajonlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari hamda mavjud dori-darmonlarning saqlanishi va sifati haqida batafsil ma’lumot berdi. Nazorat tadbiri doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotining oshxonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, bolalar uchun tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya talablariga muvofiqligi va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Nazorat tadbiri yakunida bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, ta’lim muassasalarida sanitariya hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1