Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
🏘 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

🏘 Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17–“Yangi hayot” saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo tomonidan “Yangi hayot” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi Yo‘ldosheva Sevara tomonidan deputatga amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha ma’lumot berildi.Shuningdek, hokim yordamchisi faoliyatiga oid hujjatlar ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda aholining iqtisodiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya hamda vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1