Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shahnoza Azamatovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lib turganligi sababli, belgilangan haftalik reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan O‘zbekiston MFY xotin-qizlar faoli Qushatova Shahlo Baxtiyorovna faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Joriy yil davomida mahalladagi 174 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ular ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar hamda uy-joy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlar kabi 5 ta toifa bo‘yicha ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi.

Shuningdek, ushbu toifadagi xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi va mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Kelgusida ham mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning murojaat va muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 4