Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbirda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi deputatlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

️ Yig‘ilishda asosiy e’tibor ipotekani rag‘batlantirish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga doir hududiy dasturlar ijrosi masalasiga qaratildi. Komissiya a’zolari tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan axborotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqdi,

jumladan:

Ipoteka kreditlari orqali uy-joy ajratish bo‘yicha amaldagi dasturlar ijrosi;

Dasturlar doirasida berilgan kreditlar va ajratilgan uy-joylar soni, ularning ijtimoiy ahamiyati;

Dasturni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;

Kelgusida aholining uy-joy bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi loyihalar va tashabbuslar ishlab chiqish rejalari.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari hududiy dasturlar ijrosi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlarini tezkor va shaffof hal etish, shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha samarali choralarni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
️ “Xalqparvar” komissiyasi kelgusida ham aholini ijtimoiy himoya qilish va uy-joy bilan ta’minlash masalalarida faol ishlashni davom ettiradi, hududiy dasturlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda amaliy yechimlarni amalga oshirishda mas’ul organlar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlaydi.
Slide 1 of 3